“Startap tashabbuslari” yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

ARIZA YUBORISH

Innovatsion g‘oya va startap-loyihalarni intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi yoshlar uchun o‘z innovatsion g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish, o‘zlarining startaplarini yaratish va tadbirkorlik sohasida salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

DASTUR YANGILIKLARI

QATNASHCHILAR DASTUR ORQALI NIMAGA ERISHADILAR?

Tejamkor startap (“Lean startup”) uslubiga asoslangan loyihasini rivojlantirish bo‘yicha boshlang‘ich o‘quv kursida ishtirok etish.

Murabbiy bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirish yo’l haritasini ishlab chiqish.

FACEBOOKDAGI SAHIFA

Loyihaning ko‘zlangan mijozlarini aniqlashda, qiymat taklifini va gipotezalarini tekshirishda yordam.

Loyiha maxsuloti yoki xizmatining eng kichik ishchi modelini yaratishda, uni sinashda va u haqidagi fikrlarni olishda maslahat.

Bozorning yetuk ekspertlari (mentorlari) ning mahorat darslarida ishtirok etish va maslahatlarini olish imkoniyati.

“Demo-day” (Taqdimot kuni) da loyihani istiqboldagi sarmoyachilarga, innovatsiya forumlarida taqdim qilish va xalqaro dasturlarda ishtirok etish.

“Demo-day” (Taqdimot kuni) da ekspertlar guruhining eng yuqori balini to’plagan 5 ta eng yahshi loyiha 40 mln so’mdan loyihani amalga oshirish uchun mukofot mablag’i olishadi.

Dasturda 16 yoshdan yuqori yigit-qizlar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, jumladan o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Qizlar boshchilik qiladigan jamoalar yoki loyiha jamoasi tarkibida ta’sischi sifatida ishtirok etadigan qizlar jamoalari qatnashsihslari rag‘batlantiriladi.

KIMLAR QATNASHISHI MUMKIN?

O‘zining muvaffaqiyatli startapini yaratishga ishtiyoq, chuqur qiziqish, intensiv faoliyatga tayyorlik, va barcha kunduzgi tadbirlarda hamda haftalik “trekshn” uchrashuvlarda ishtirok etish.

QATNASHCHILARDAN NIMA TALAB ETILADI?

MAZKUR DASTURNING

AFZALLIKLARI NIMADA?

BEPUL

Qisqa vaqt ichida dasturda ishtirok etish orqali siz nafaqat g‘oyangizni amalda sinab ko‘rishingiz, balki o‘z startapingizni yarata boshlashingiz ham mumkin.

TEZ

Qisqa muddat davomida dasturda ishtirok etish orqali siz nafaqat g‘oyangizni sinab ko‘rasiz, balki o‘z startapingizni yaratishni boshlashingiz ham mumkin.

FOYDALI

Dasturda qatnashish natijasida siz startap loyihasini yaratish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar olasiz, tajriba orttirasiz va boshqa startap-loyihalari jamoa azolari va O’zbekistonda muvoffoqiyatli rivojlanib kelayotgan startaplar vakillari bilan tanishasiz.

Yakuniy maxsulot yoki xizmat ko‘zlangan mijozlarning aniq muammolarini yechishga yo‘naltirilganligi va bu jarayondan foyda olinishiko‘zlanganligi.

LOYIHALARNI QANDAY MEZONLAR ASOSIDA TANLANADI?

G‘oya yoki loyihaning amaliy jihatdan bajariluvchanligi. Loyiha jamoasining dasturda qatnashish mobaynida loyihaning prototipi/eng kichik ishchi modelini yaratish imkoniyati mavjudligi.

Loyiha texnologik jihatdan yangiligi. Loyiha tushunarli va jozibador qiymat taklifiga va ommalashish istiqboliga ega bo‘lishi lozim.

Kamida ikki kishidan iborat maqsad sari intiladigan; ishbilarmon, intensiv tarzda ishlashga tayyor va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishni maqsad qilgan jamoa mavjudligi.

ISHTIROKCHILAR QANDAY BOSQICHLARDAN O‘TADILAR?

Arizalarni qabul qilish. Startup.chamber.uz havolasiga o‘tib “Ariza yuborish” tugmasini bosing va taklif qilinadigan ariza shaklini to‘ldiring.

1
3
4
5
2

Jamoalar bilan suhbat. Ekspertlar guruhi Dasturda ishtirok etishlari uchun eng yaxshi loyihalarni aniqlaydi.

Namangan, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Demo day” (Taqdimot kuni). Finalchilar istiqboldagi sarmoyachilar oldida o‘z loyihalarini taqdim etishlari va loyihani rivojlantirish uchun sarmoya olishlari mumkin. Har bir hududdan uchta eng yaxshi loyiha jamoalari Toshkentda o‘tkaziladigan “Demo Day”da ishtirok etish uchun taklif qilinadilar.

Arizalar asosida birlamchi tanlov. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar mualliflari suhbatga taklif etiladilar.

Startaplarni yaratish bo‘yicha bir haftalik o‘quv kursi, mentorlar bilan ishlash, har haftalik “trekshn”-uchrashuvlarni o‘z ichiga olgan qo‘llab quvvatlash dasturi.

ARIZALAR 2018-yilning
30 SENTYABRIGA QADAR QABUL QILINADI

ARIZA YUBORISH

Yuklab olish.doc

WORD FORMATIDAGI ARIZA SHAKLI

Qulaylik uchun ariza shaklini Word formatida yuklab olishingiz, oflayn holatda javoblar yozib onlayn shaklga ko’chirishingiz mumkin.

DASTURNING 2016-2017 YILLARIDAN RASMLAR

DASTUR HAQIDA FIKRLAR

Farrux Azimov

 dastur ishtirokchisi 2017 yilda “Oylik.uz” loyihasi

‘‘

"Startap tashabbuslari" loyihasi menga biznesni rivojlantirishga yangi nazar bilan qarashga, iste’molchilarning mumkin bo‘lgan muammolarini qanday aniqlashga va shu orqali yangi biznes imkoniyatlarini ochishga yordam berdi. Bizning jamoamizga startapni rivojlantirishga oid, xatolarni oldini olishga, moliyaviy imkoniyatlarini va loyiha istiqbollarini baholashga yordam beruvchi ko‘p foydali maslahatlar oldi. Loyihada ishtirok etish vaqtida biz shuningdek istiqboldagi investorlar uchun qiziqarli taqdimotlar tayyorlashni o‘rgandik. Loyihada men uchun eng muhim narsa, bugungi kunda oldinga siljishga yordam beradigan ko‘plab yangi do‘stlar va foydali tanishlar topganim. Hatto bir yil o‘tsada, “Startap tashabbuslari” dasturining tashkilotchilari biz bilan bog'lanib, bizni va loyihamizni rivojlantirishga yordam bermoqdalar..

‘‘

Charos Abdukayumova

2017 yil dasurining ishtirokchisi, “Event tech Solution” loyihasi

‘‘

Dastlab biz boshqa loyiha bilan arizani topshirdik, lekin muammoni va ehtiyojlarimizni o‘rganib chiqqach, biz rejalashtirgan narsalarning hech qanday ma’nosi yo‘qligini angladik. Mentor (Aziz Rahimov) bilan ishlash davomida biz yangi bir loyihani topdik va bu sohada ish boshladik. Dastur bizga nima berdi? Biz nafaqat fikrlashni, balki harakat qilishni, moslashuvchanlik bilan o‘ylashni va tez e’tibor qaratishni o‘rgandik. Asosiy narsa jamoa ekanligini tushundik! Siz super dasturchilarga ega bo‘lishingiz mumkin, ammo ular sotish yoki hatto oddiy buxgalteriyada kuchli emas. Ular aytganida, siz hamma narsani hal qila oladigandek tuyuladi! Lekin aslida buni amalga oshirish doim ham mumkin emas. Xulosa men uchun yolg‘iz edi, qo‘rqmaslik! Oldinga yurish, asta-sekin yurish, lekin yurish! Bu muhim!

‘‘

 Shohruh Karimov

2017 yil dasurining ishtirokchisi, “Aroba.uz” loyihasi

‘‘

Bu dastur bizga kutganimizdanda ko'p yordam va tajriba olishimizga sabab bo‘ldi. Dasturning boshlang‘ich raundlaridan boshlab O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan yetakchi tadbirkor va ekspertlari tomonidan o‘tkizilgan mahorat darslari va expert tavsiyalari loyihamizni qisqa fursatda sifatli tarzda amalga oshirishmizda juda katta yordam berdi. “Startup tashabbuslari“ doirasida biz loyihamizga biriktirilgan mentor va Yetakchimiz Usmon Rahimjonov yordamida aroba.uz loyihamizni g‘oyadan tayyor mahsulot ko‘rinishiga obchiqa oldik, va “Demo Day” kungacha yetib kelib, yakuniy bosqichida ham finalchilar qatoridan o‘rin oldik. Loyihamizni moliyalashtirish uchun bir nechta investorlar qiziqish bildirdilar, ular orasidan eng ma’qul investorni tanlab olib, ular bilan ishlab kelmoqdamiz. Hozirda aroba.uz platformasi yordamida O‘zbekistondagi viloyatlararo taksi xizmatini yangi sifat darajasiga olib chiqib kelmoqdamiz, 500ga yaqin haydovchilar biz bilan hamkorlikda ishlab kelmoqdalar.

‘‘

BIZ BILAN QANDAY BOG‘LANISH MUMKIN?

Dastur bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha Usmon Rahimjanov, dastur koordinatoriga murojaat qilishingiz mumkin.

Tel.: +998 (71) 150-12-61

u.rahimjanov@chamber.uz

 

Dastur yangiliklarini Facebook da kuzatib boring

 

https://www.facebook.com/startupuzb/

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun “Startap tashabbuslari” yoshlarning startap g‘oyalari tanlovi va qo‘llab quvvatlash dasturi haqida Nizom bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

BIZ BILAN BOG’LANING

Submitting Form...

The server encountered an error.

Form received.

Dastur O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda SSP va BMTTDning “O‘zbekiston Respublikasi huhudlarida biznes muhitini takomillashtirish“ qo‘shma loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.

Toshkent, O’zbekiston 2018

“Startap tashabbuslari” yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi